Abdulla Oripov
Oʻzbekiston Qahramoni, Xalq shoiri, Oʻzbekiston Davlat madhiyasi matni muallifi (1941–2016).
Abdulla Oripov 1941-yil 21-martda Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida tugʻilgan. U XX asr oʻzbek sheʼriyatining eng koʻzga koʻringan namoyandalaridan biri.
Shoir Oʻzbekiston Davlat madhiyasi matnining muallifi. Shuningdek, u Dantening “Ilohiy komediya”si, Pushkin, Nizomiy Ganjaviy va Taras Shevchenko asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
Abdulla Oripov 2016-yil 5-noyabrda Hyustonda vafot etdi.
Shoirning sheʼrlari, kitoblari, audio va videoyozuvlari toʻliq arxivi abdullaoripov.com saytida joylashgan.