Markaz haqida
Hyustondagi Abdulla Oripov Sheʼriyat va Xotira Markazi — shoir umrining soʻnggi yillarini oʻtkazgan xonadonda tashkil etilgan uy-muzey.
Markaz maxsus qurilgan muzey binosi emas. Bu — shoir yashagan, ijod qilgan va kunlarini oʻtkazgan xonadon. Uydagi ikki xona alohida ajratilgan boʻlib, ular Abdulla Oripov qoldirgan holatida saqlab qolingan.
Bu xonalarda shoirning shaxsiy buyumlari, qoʻlyozmalari, kitoblari, rasmiy hujjatlari va turli yillarda olingan suratlari joy olgan. Mehmonlar shoir yashagan va ijod qilgan muhitni bevosita his qilish imkoniga ega boʻladilar.
Abdulla Oripov aynan Hyustonda 200 ga yaqin sheʼr hamda “Samoviy toʻy” dramatik asarini yaratgan.
Markaz 2026-yil 23-iyun kuni keng jamoatchilik uchun rasmiy ravishda ochildi. Ochilish marosimi 21-iyun kuni oila va yaqinlar ishtirokida boʻlib oʻtdi.
Bu maskan nafaqat xotira joyi, balki yoshlar, tadqiqotchilar va adabiyot ixlosmandlari uchun xalqaro adabiy muloqot va ilhom manbaidir.
Tashrif qanday tashkil etiladi
Tashrif uchun soʻrov yuborishSoʻrov yuborasiz
Tashrif sahifasidagi formani toʻldirasiz — oʻzingizga qulay sana va vaqtni koʻrsatasiz.
Biz javob beramiz
Soʻrovingizni koʻrib chiqamiz va siz bilan bogʻlanamiz. Kerak boʻlsa, boshqa vaqt taklif qilamiz.
Tashrif tasdiqlanadi
Tasdiqlangach, aniq sana, vaqt va manzil sizga yuboriladi.
Diqqat: soʻrov yuborilishi tashrif tasdiqlangani degani emas. Biz tasdiqlamagunimizcha kelmang — Markaz ayni paytda oila yashaydigan xonadondir.
Kirish bepul.